Romano: Mbappe - "Real" futbolchisi

  • 2 iyun, 2024, 17:15
  • Oybek Yo’ldoshev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Kilian Mbappe "Real" futbolchisiga aylandi. Nufuzli insayder Fabritsio Romanoning xabar berishicha, kelishuv yopilgan va Mbappe allaqachon Madrid grandi bilan shartnoma imzolagan.

Tecno

"Qirollik klubi" kelasi hafta frantsuzning transferini e’lon qiladi. Mbappe so‘nggi etti mavsumni PSJda o‘tkazdi. 25 yoshli hujumchi yaqinda yozda klubni tark etish qarorini ma’lum qilgandi. Kilian Madridga erkin agent sifatida o‘tadi, chunki uning Parijdagi shartnomasi 2023/2024 yilgi mavsum oxirigacha amal qiladi.

Ma’lumot uchun, Kilian joriy mavsum Liga 1da 29 uchrashuvda qatnashib, 27 ta gol urdi va 4 samarali uzatmani amalga oshirdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!