
Romano: "Barsa" rahbariyati Xavini olib qolishga harakat qilmoqda
Xabaringiz bor, Xavi mavsum so‘nggida "Barsa"ni tark etishga qaror qilgan va buni e’lon qilgandi. Klub shundan beri mag‘lubiyat nimaligini bilmay kelmoqda. Buni ko‘rgan rahbariyat esa ispaniyalik mutaxassisni qolishini istayapti.
Fabritsio Romano xabar berishicha, klub Xavini qolishga qo‘ndirmoqchi, lekin hali hech kim uning fikrini o‘zgartira olmadi. Shu bilan birga, yangi murabbiy masalasi ham hal bo‘lmayapti.
Xavi ayni paytda bor e’tiborini Chempionlar ligasi va La Ligada kutib turgan o‘yinlarga qaratgan. U agarda shogirdlari ChL g‘olibligini qo‘lga kiritgan taqdirda ham, jamoani tark etishini aytgandi.
Fikrlar