
"Roma"ning sobiq futbolchisi "Napoli"ga o‘tdi
"Napoli" klubi matbuot xizmati braziliyalik himoyachi Juan Jezusning transferini tasdiqladi
Erkin agent hisoblangan 30 yoshli futbolchi neapolliklar safiga erkin agent sifatida kelib qo‘shildi. Tomonlar o‘zaro “1+1” ko‘rinishida shartnoma imzolashgan.
Juan Jezus bundan avval "Internasonal", "Inter" va "Roma" klublarida o‘ynagan.
Jezus Braziliya terma jamoasi safida 4 ta o‘yin o‘tkazgan. 2010 yilda Libertadores kubogini qo‘lga kiritgan.
Fikrlar