“Roma”ning Shomurodov bo‘yicha qarori o‘zgardi!

  • 22 fevral, 08:20
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 1
  • Futbol
CHERY AUTO

“Roma” Evropa ligasining pley-off bosqichi o‘tish o‘yinida kuchli raqib – “Portu”ni ortda qoldirib, keyingi bosqichga chiqdi va bosh sovrin uchun asosiy da’vogarlar qatorida e’tirof etilmoqda.

Tecno

“Portu” bilan bo‘lgan bahs Klaudio Raneri uchun alohida ahamiyat kasb etdi. 73 yoshli murabbiy Evropa miqyosida 21 yildan beri endigina pley-off bosqichida muvaffaqiyatga erishdi.

Italiya matbuotining yozishicha, “Portu”ning taslim etilishida Paulo Dibalaga gol urib, o‘yinda burilish yasash imkonini yaratib bergan Eldor Shomurodovning hissasi katta bo‘ldi.

- Eldor Shomurodov joriy mavsumning o‘zida ikki marotaba boshqa klublarga ketishga juda yaqin edi. Uni yozgi transferlar oynasining so‘nggi kunlarida AQShga – “Atalanta Yunayted” klubiga, yanvarda esa, Italiyaning boshqa jamoalariga berib yubormoqchi bo‘lishgandi.

Xususan, A Seriyada qolish uchun kurashayotgan “Venetsiya” bosh murabbiyi Eusebio De Franchesko Eldorga shaxsan bog‘lanib, jamoasiga taklif qilgan va uning kelishini kutayotgandi.

O‘zbek hujumchisi mavsum boshida “Empoli” va yanvarda “Ayntraxt”ga qarshi uchrashuvlarda muhim rol o‘ynaganidan keyin “Roma” uni olib qoldi.

Shomurodov o‘ziga imkon berilgan bellashuvlarda jamoaning muhim bo‘lagiga aylana olishini namoyish qilmoqda. Eldor transferga qo‘yilgan o‘yinchidan “bo‘rilar”ning qahramoniga aylanib boryapti, - deb yozmoqda  Corriere dello Sport gazetasi.

Qizig‘i shundaki, Shomurodov o‘tgan yili yozda “Kalyari”dagi ijaradan qaytganidan keyin uni klubdan ketishini ta’minlash uchun bosh qotirib kelgan sport direktori Floran Gisolfining legionerimiz haqidagi fikri, pozitsiyasi va qarori o‘zgardi.

Ma’lumki, “Roma”ning asosiy hujumchisi Artyom Dovbik jarohati tufayli jamoaga yordam bera olmayapti. Floran Gisolfi ukrainalik futbolchi ahvoli haqida gapirib, uning o‘rnini Eldor Shomurodov to‘liq bosa olishini ta’kidladi.

- Dovbikning jarohati qanchalar jiddiy ekanini hali aniq bilmaymiz. Lekin vaziyat u qajar jiddiy emasligiga umid qilib turibmiz. Artyom shikastlangan, lekin bizda Eldor Shomurodov bor va u maydonda Dovbikning o‘rnini bosa oladi.

Shomurodov  jamoaga yordam berishga tayyor, chunki u har doim o‘zini ishga 100 foiz bag‘ishlaydi, - dedi sport direktori Floran Gisolfi.

Oldinda “Roma”ni A Seriyada “Montsa”ga qarshi muhim bahs kutib turibdi. Bo‘lajak bellashuvda Eldor Shomurodov boshlang‘ich tarkibda maydonga tushishi kutilmoqda.

26-turdan o‘rin olgan ushbu uchrashuvda “Olimpiko” arenasi mezbonlik qiladi. O‘yin 24 fevraldan 25 fevralga o‘tar kechasi Toshkent vaqti bilan soat 00:45 da boshlanadi.

Eslatib o‘tamiz, joriy mavsumda Eldor Shomurodov A Seriya, Italiya kubogi va Evropa ligasida 22 marotaba maydonga tushib, o‘z hisobiga uchta gol va ikkita assist yozdirib qo‘ydi.

Shomurodov Evropa ligasida qaysi klubga qarshi o‘ynashi ma’lum bo‘ldi
Husanov bilan do‘stlashgan “Real” yulduziga uchta grand klub xaridor! (foto)
Shomurodov muxlislariga yoqadigan gap bo‘ldi!

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
&
Болельщик
22/02/2025 11:51
Омад Элдор