
"Roma"ning navbatdagi nishoni ma’lum bo‘ldi
"Roma" klubi "Chelsi" futbolchisi Xakim Zieshni o‘z safiga qo‘shib olmoqchi. Bu haqda italiyalik jurnalist Alessandro Ostini xabar berdi.
Manbaga ko‘ra, Marokash yulduzi Nikolo Dzanolo o‘rniga asosiy nomzod sifatida qaralmoqda. Agar Nikolo klubni tark etsa, Xakim rimliklar uchun oliy maqsadga aylanadi. Futbolchining o‘zi ham APLni tark etishga qarshi emas, deb yozmoqda Italiya nashrlari.
Ma’lumot o‘rnida, Ziesh APLning joriy mavsumida 10 o‘yinda bitta assist muallifi bo‘ldi.
Fikrlar