“Roma”ning ijaradagi hujumchisi Angliyaga yo‘l olishni istamoqda

  • 15 mart, 00:00
  • Bilolbek Imomov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Roma" hujumchisi Temmi Abraxam o‘z kelajagini Angliyaning "Aston Villa" klubida davom ettirish niyatida. 
 
“La Gazzetta dello Sport” nashrining xabariga ko‘ra, hozirda “Milan” klubida harakat qilayotgan Abraxam jamoa ichida o‘z sheriklariga Angliyaga qaytishni istayotganini aytgan. Bunga asosiy sabab, uning jamoadagi o‘rni deb keltirilmoqda. Bundan tashqari, “Roma” ham Temmini tezroq sotish haqida o‘ylamoqda, uning transferidan 30-35 million evro atrofidagi summani ishlab olmoqchi. 
 
Manbaga ko‘ra, “Chelsi”ning sobiq hujumchisi so‘nggi kunlarda Angliyaning “Aston Villa” klubiga ko‘chib o‘tish istagi borligi haqida jamoadoshlarini ogohlantirgan. Sababi, Emeri boshchiligidagi jamoa evrokuboklar uchun kurashmoqda. Shu bilan birga, joriy mavsum UEFA Chempionlar ligasining chorak finaliga ham yo‘l olishni uddaladi. Ushbu omillar futbolchini yana Angliyaga qaytishga undamoqda. 
 
Ma’lumot o‘rnida, 27 yoshli o‘yinchi joriy mavsum 36 ta to‘qnashuvda ishtirok etib, 8 ta gol va 4 ta golli uzatmaga mualliflik qilgan. Abraxam mavsum boshida 1 yillik ijara asosiyda “Roma”dan “Milan” klubiga ko‘chib o‘tgan edi.

Tecno

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!