Roman Abramovich “Real” so‘ragan futbolchini Zidanga beradigan bo‘ldi
“Real” Angliya chempionatida muvaffaqiyatli to‘p surayotgan N’Golo Kante uchun “Chelsi”ga 71 million funt berishga roziligini bildirgan edi.
Bu taklifni Roman Abramovich jamoasi bee’tibor qoldirmadi.
Zinedin Zidan o‘z hamyurtini jamoada deyarli barcha uchrashuvlarda zaxirasiz o‘ynayotgan Kazemiroga yordamchi sifatida olib kelmoqchi.
“Chelsi” Kante transferidan keladigan mablag‘ni tarkibni kuchaytirishga sarflashi kutilmoqda.



Fikrlar