
“Roma”ga xushxabar keldi
“Roma”ning haqiqiy etakchisiga aylangan Paulo Dibala o‘yinoldi mashg‘ulotida shikastlanib, “Atalanta”ga qarshi o‘yinda ishtirok eta olmagan edi.
Mohir hujumchi jahon chempionatiga tayyorgarlik ko‘rayotgan Argentina terma jamoasining navbatdagi yig‘iniga ham chaqirtirilgan.
Italiya matbuotining yozishicha, Rimga olis Argentinadan xushxabar keldi. Paulo Dibala jarohatidan tez tiklanmoqda va terma jamoa mashg‘ulotlarda qatnasha boshladi.
Joze Mourino shogirdlari A Seriyaning navbatdagi turida “Inter” jamoasi mehmoni bo‘ladi. Klub rahbariyati argentinalik yulduzni 1 oktyabr kuni “San-Siro”da bo‘ladigan to‘qnashuvda ishtirok etishiga umid qilyapti.
Fikrlar