
"Roma"ga tegishli bo‘lgan Nzonzi "Galatasaroy"dan boshqa klubga o‘tdi
Yarim himoyachi Stiven Nzonzi "Galatasaroy" klubida "Renn" jamoasiga ko‘chib o‘tdi.
Turk klubi avgust oyida "Roma"dan ijaraga olgan futbolchisi bilan kelishuvni muddatidan avval to‘xtatdi.
Natijada Rim klubi futbolchini Frantsiyaning "Renn" jamoasiga ijaraga berib yubordi. Ijara muddati mavsum oxiriga qadar amal qiladi va yana bir yil muddatga uzaytirilishi mumkin.
Ma’lumot uchun, 31 yoshli futbolchi Turkiya chempionatida 10 ta bahsda maydonga tushirildi.
Eslatib o‘tamiz, "Roma" futbolchini 2018 yili 26,6 mln evroga xarid qilgandi.
Fikrlar