“Roma”ga qarshi o‘yin oldidan “Milan”dan koronavirus chiqdi

  • 6 yanvar, 2022, 09:10
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Bugun Italiya chempionati doirasida “Milan” o‘z maydonida “Roma” futbolchilarini qabul qiladi.

Tecno

Ma’lumotlarga qaraganda, o‘yin oldidan o‘tkazilgan test natijalariga ko‘ra, milanliklar uch nafar futbolchisida infektsiya aniqlandi.

- Klub o‘tkazilgan testlarda uch kishida koronavirus aniqlanganini tasdiqlaydi. Ular o‘zini yaxshi his qilmoqda va tibbiyot organlari instruktsiyalariga  muvofiq karantinga olindi. Endi butun jamoa reglament bo‘yicha qaytadan test qilinadi, -  deyiladi klub bayonotida.

Klub matbuot xizmati virus yuqtirgan futbolchilarning nomini keltirmagan bo‘lsa-da, Sky Sport Italia nashriga ko‘ra, karantinga olinganlar Fikayo Tomori, Alessio Romanoli va Davide Kalabriya ekan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!