
"Roma"ga "Milan" hujumchisi kerak
"Roma" klubi o‘z safiga "Milan" hujumchisi Susoni qo‘shib olmoqchi. Bu haqda Football Italia nashri xabar tarqatmoqda.
Yuqoridagi manbaaga ko‘ra “bo‘rilar” o‘tgan yilgi muvaffaqiyatsiz muzokaralarga qaramay, ispaniyalik futbolchini qo‘lga kiritishga yana bir bor urunib ko‘rishmoqchi.
Ta’kidlash kerakki, 25 yoshli Susoning transferi rimliklarga 40 mln evroga tushadi. Boisi, uning shartnomasida shuncha tovon puli belgilangan.
Ma’lumot uchun, Suso o‘tgan mavsum “Milan”da 41ta o‘yinda maydonga tushdi va 8ta gol hamda 9ta golli uzatma yozdirib qo‘yishga erishdi.
Fikrlar