“Roma”da muammolar boshlandi

  • 19 sentabr, 2022, 16:06
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 1
  • Futbol
CHERY AUTO

“Roma” bosh murabbiyi Joze Mourino muhim pallada kutilmagan muammolarga duch kela boshladi.

Tecno

Portugaliyalik mutaxassis qattiq ishonch bildirgan yulduzlarda shikastlanish kuzatilmoqda.

Xususan, “Atalanta”ga qarshi o‘yindan oldingi mashg‘ulotda jamoa etakchisi Paulo Dibala chap oyog‘idagi mushaklarda og‘riq paydo bo‘lganini ma’lum qildi. Argentinalik hujumchi bergamoliklarga qarshi bahsda ishtirok etmadi.

Dibalaning jarohati uning Argentina terma jamoasidagi faoliyatiga ta’sir qilishi mumkin. Chunki tez kunlarda terma jamoa o‘yinchilari navbatdagi o‘quv-mashg‘ulot yig‘iniga jamlanadi.

“Roma” sardori Lorentso Pellegrinida ham mushak og‘rig‘i kuzatilmoqda. Shunga qaramay, italiyalik yarim himoyachi “Atalanta”ga qarshi maydonga tushishiga to‘g‘ri keldi. Klub mutasaddilari Italiya terma jamoasi tibbiyot xizmatiga bu muammo haqida xabar qildi.

Endi ular Pellegrinini tibbiy ko‘rikdan o‘tkazib, o‘z xulosasini aytishi kutilyapti.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
Baxil Alihuja
19/09/2022 16:31
Хар бир уйинчи жуда куп уйнаса, жарохат олиш эхтимоли ошади. Моурни хатоси баъзи уйинчиларни жуда куп уйнатиб, толиктириб куйади. Ротация килмайди, тугри синалган уйинчилар билан киска фурсатда натижа беради, лекин узок муддат давомида жарохатлар ортаверади, натижа пасайиб кетаверади.