
“Roma”da katta yo‘qotish
Yozgi transferlar vaqtida “Roma” tarkibini kuchaytirgan bo‘lishiga qaramay, A Seriya va Evropa ligasida ancha qiynalmoqda.
Joze Mourinoni jamoa etakchilarining jarohat olayotgani xavotirga solib qo‘ygan. Mavsum boshidan beri Jorjino Veynaldum, Paulo Dibala, Lorentso Pellegrini, Stefan El-Shaaravi, Darbo, Nikolo Dzanolo shikastlandi. Ular orasida hali safga qaytmaganlari bor.
Endi bu futbolchilar qatoriga yangi o‘yinchilardan bir Mehmet Zeki Chelik qo‘shildi. “Betis”ga qarshi uchrashuvda shikastlangan 25 yoshli futbolchi qo‘shimcha tibbiy ko‘rikdan o‘tkazildi.
Unga ko‘ra, turkiyalik himoyachining tizza bo‘g‘imlari lat egan. Bu jarohat nisbatan engil hisoblanadi, lekin to‘liq tiklanish uchun Chelik bir oy davomida davolanishi talab etiladi.
Fikrlar