“Roma”da islohotlar boshlandi. Mxitaryan ketadi!

  • 9 noyabr, 2021, 19:22
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

La Gazzetta dello Sport nashrining ma’lum qilishicha, “Roma”ning armanistonlik legioneri Genrix Mxitaryan qishki transferlar vaqtida Rimni tark etishi kutilmoqda.

Tecno

Manbalarning ma’lum qilishicha, tajribali futbolchi faoliyatini boshqa jamoada davom ettirish bo‘yicha turli variantlarni ko‘rib chiqmoqda. Armanistonlik futbolchi keyingi paytda ishonchli o‘yin namoyish eta olmayotgan edi.

Bundan tashqari, Stefan El-Shaaravi ichki raqobatda Genrixni ortda qoldirib, asosiy tarkibga kirib oldi.

Mxitaryan “Roma”da 2019 yildan beri to‘p tepmoqda. O‘tgan mavsumda Genrix barcha turnirlarda 34 ta uchrashuv o‘tkazib, 13 ta gol urdi va 10ta assistni amalga oshirdi. Joriy mavsumda esa o‘n marta maydonga tushgan yarim himoyachi raqiblar darvozasini ikki marotaba ishg‘ol qilib, bir juft golli pas muallifi bo‘ldi.

Italiya jurnalistlari Shomurodovning super o‘yiniga qanday baho berdi?

“Roma” muxlislari: Shomurodov superfutbol qanday bo‘lishini ko‘rsatdi!

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!