
Mavsum termasiga “Roma”dan bir o‘yinchi olindi va u Abraxam emas!
WhoScored portali A Seriyaning yakunlangan mavsumdagi eng yaxshi o‘yinchilaridan ramziy terma jamoa shakllantirdi.
Portal tomonidan baholab borilgan barcha o‘yinchilar orasida eng yuqori ballga “Latsio” yarim himoyachisi Sergey Milinkovich-Savich, “Milan” hujumchisi Rafael Leau va “Sassuolo” forvardi Domeniko Berardi loyiq ko‘rildi. Har uchala futbolchining mavsumdagi o‘rtacha bahosi 7,4 ballni tashkil qildi.
A Seriyaning ramziy terma jamoasiga esa, yuqorida nomi zikr etilgan o‘yinchilardan tashqari, “Milan”dan ikki nafar, “Latsio”, “Yuventus”, “Torino”, “Napoli”, “Roma” va “Atalanta”dan bittadan futbolchi kiritildi.
Ramziy terma jamoa: Mik Menyan (“Milan”, 6,9), Xuan Kuadrado (“Yuventus”, 7,2), Gleyson Bremer (“Torino”, 7,2), Kalidu Kulibali (“Napoli”, 7,1), Teo Ernandes (“Milan”, 7,2), Domeniko Berardi (“Sassuolo”, 7,4), Sergey Milinkovich-Savich (“Latsio”, 7,4), Lorentso Pellegrini (“Roma”, 7,3), Rafael Leau (“Milan”, 7,4), Chiro Immobile (“Latsio”, 7,3), Luis Muriel (“Atalanta”, 7,3).
Fikrlar