
"Roma" – TsSKA. Abaraxamdan gol, Shomurodovdan assist! (matnli translyatsiya)
Assalomu alaykum qadrli futbol muxlislari. Birozdan so‘ng Konferentsiyalar Ligasi guruh bosqichi 1-turidan o‘rin olgan "Roma" va TsSKA Sofiya jamoalari o‘rtasidagi o‘yin start oladi. Uchrashuvni saytimiz orqali matnli translyatsiya qilib boramiz.
90+3. Bahs yakunlandi. "Roma" o‘z maydonida yirik hisobda g‘alaba qozondi.
90+. Uchrashuvga 3 daqiqa qo‘shib berildi.
90. Lam ogohlantirildi.
85. GOOOOOOOOOL! Abraxam ham o‘z nomini tabloga yozdirib qo‘ydi. Shomadan yana assist!
83. VAAAAH! Eldorning zarbasi darvoza to‘siniga tegib qaytdi.
82. GOOOOOOOOOOOOL! Havolatib uzatilgan to‘pga Smolling zarba yo‘lladi. Uning tepgan to‘pi darvoza to‘siniga tegib qaytdi. Qaytgan to‘pni Manchini darvoza joylab qo‘ydi.
81. Shomurodovning zarbasi g‘imoyachiga tegib maydon tashqarisiga yo‘l oldi. Eldor to‘pni Abraxamga uzatsa bo‘lardi, lekin qizg‘ondi.
80. Yannik Vildsxut Peresni yiqitdi va hakam tomonidan ikkinchi sariq kartochkani olib maydonni tark etdi
75. Rimliklar safida yana bir o‘zgarish: Kalaforini o‘rniga Kumbula harakat qiladi.
73. "Roma"da yana o‘zgarish: Pellegrini ketdi o‘rniga Abraxam tushirildi.
70. Shomurdov jarima maydoni ichida to‘pni qabul qilib oldi va sherigiga chiroyli uzatmani amalga oshirmoqchi edi, o‘xshamadi.
68. Yannik Vildsxut Ibanetsning yuziga urib yuborgani uchun sariq kartochka bilan jazolandi.
65. Lam maydon markazida Kristanteni yiqitdi
62. GOOOOOOOL! Kalaforini slolo yurishi bilan jarima maydoni ichiga kirib bordi va to‘pni Lorentsoga uzatdi. Pelegrini yaqin burchakni nishonga oldi.
59. "Roma"da o‘zgarish: Diavara va Vilyara maydonni tark etdi. Ular o‘rniga Kristante hamda Veretu tushirildi.
52. Tomas Lam TsSKAning hujumini noaniq zarbasi bilan yakunlandi.
50. Ikkinchi bo‘limda mehmonlar ko‘pro to‘p bilan muomala qilyapti.
48. Shomurodovda yaxshi imkoniyat bo‘lishi mumkin edi, himoyachi ishonchli harakat qildi.
46. "Roma" o‘zgarish amalga oshiradi. Karsdorpa o‘z o‘rnini Ibanesga bo‘shatib berdi.
46. Ikkinchi taym boshlandi!
45. Birinchi bo‘lim yakunlandi. Hozircha mezbonlar 2:1 hisobida oldinda bormoqda. Bizdan uzoqlashmang tez orada qaytamiz!
43. Eldor Shomurodovda qulay imkoniyat bo‘lgandi, ammo darvozabon chaqqonlik qildi.
42. Mehmonlar hujumga o‘tmoqchi edi, lekin Turitsov offsaydda qolib ketdi.
39. GOOOOOOOOL! Shomurodov bir himoyachini ortda qoldirib, to‘pni Stefanga uzatdi. El-Shaaravi esa aniq zarba bilan "bo‘rilar"ni oldinga olib chiqdi.
36. Yurgen Matey Vilyaraga qarshi qo‘pollik ishlatdi.
33. Burchak zarbasidan so‘ng Kris bosh bilan zarba yo‘lladi. Noaniq!
28. Stefan El-Shaaravi jarima maydoni yaqinida yiqitildi. Pellegrining standartdan yo‘llagan zarbasi jonli devorga tegdi.
24. GOOOOOOOOOOOOOL! Lorentso Pellegrini super zarbasi bilan hisobni tenglashtirdi. Darvozabon qancha baland sakramasin uning zarbasini qaytara olmadi.
22. Karlo Muxarning uzoq masofadan yo‘llagan zarbasi raqibga tegib maydon tashqarisiga chiqib ketdi.
20. Lorentso Pellegrini hujumda fol ishlatdi
18. VUUUUUH! Shomurodov himoyachidan to‘pni olib qo‘ydi va birga-bir vaziyatga chiqib borib, zarba yo‘lladi. Darvozabon jamoasini goldan qutqardi.
12. "Roma" burchak zarbasidan unumli foydalana olmadi.
10. GOOOOL! TsSKA hisobni ochdi. Keri kuchli zarba yo‘llab jamoasini oldinga olib chiqdi. Bu vaziyatda himoyachilar bir-birin tushunmay qoldi.
6. Mehmonlar biroz faolroq harakat qilyapti.
4. Tomas Lam aniq pasni qabul qilib oldi va darvoza tomon noaniq zarba yo‘lladi.
3. Rikardo Kalafori raqib futbolchisiga qo‘pollik ishlatdi.
1. Uchrashuvga start berildi!
0. Jamoalar maydonga chiqib kelmoqda.
Fikrlar