“Roma” yutqazdi, Shomurodov “sehrli tayoqcha” bo‘lolmadi, g‘azablangan Mourino nimalar dedi?

  • 24 oktabr, 2022, 23:51
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 3
  • Futbol
CHERY AUTO

A Seriyada 11-turning markaziy uchrashuvi “Olimpiko” stadionida “Roma” va “Napoli” o‘rtasida bo‘ldi.

Tecno

O‘yindan oldin rimliklar bosh murabbiyi Joze Mourino chempionatda hali mag‘lub bo‘lmagan yagona jamoa – “Napoli”ning ham engiladigan payti kelganini aytgandi.

Biroq, amalda bunday bo‘lib chiqmadi.

Mezbonlar yaxshiroq harakat qilgan bo‘lsa-da, g‘alaba neapolliklarga nasib etdi. O‘yinning 81-daqiqasida Viktor Osimxen tomonidan kiritilgan yagona gol “Napoli” g‘alabasini ta’minladi.

Biz uchun ahamiyatlisi, Eldor Shomurodovning maydonga tushgani bo‘ldi. Joze Mourino Eldor jamoani mag‘lubiyatdan qutqaradi, degan umidda uni goldan keyin – 86-daqiqada maydonga tushirdi.

Shomurodovga berilgan daqiqalar hamyurtimizga “Roma”ni mag‘lubiyatdan qutqarib qolishga etmadi.

504a540b1601e3b49a2d540dc8f5e25f

O‘yindan keyin Joze Mourino raqib jamoa g‘alabaga loyiq emasligini ochiq ta’kidladi.

- Biz mag‘lubiyatga loyiq bo‘lmagan juda yaxshi o‘yin o‘tkazdik. Men bu bahsda g‘alaba qozonishni istagandim va raqib darvozasiga bir necha zarba berish orqali maqsadimizga etmoqchi edik.

O‘yin juda og‘ir bo‘ldi, lekin biz uni yaxshi nazorat qila oldik, biroq sariq kartochkalar ko‘payib ketganidan keyin muammoga duch keldik. “Napoli” bo‘lsa, ikkinchi bo‘limda kamsonlik xavfli vaziyatlardan bittasidan unumli foydalanib qoldi. Agar Brayan Kristanteda ogohlantirish bo‘lmaganida, raqibning qarshi hujumini ertaroq fol qo‘llab to‘xtatgan bo‘lardi.

Bundan tashqari, futbolchilarimizning charchab qolayotgani ham muammolardan biri hisoblanadi. Teng kuchli zaxiraga ega emasmiz. Shuningdek, jarohatlarning ko‘pligi ham bizni qiynayapti. Bu o‘yinda 70-daqiqadan keyin muammolar kuchayib ketdi.

Uchrashuvda adolatsizlikni his qildim va buning uchun o‘yinchilarimga achinaman. Ular imkonlari boricha o‘ynadi, ayniqsa, mag‘lubiyatdan qutilib qolishga ko‘p harakat qildi.

“Napoli” yaxshi jamoa. Bizda esa sariq kartochkalar soni, charchagan va oxirigacha tayyor bo‘lmagan o‘yinchilar va zaxira o‘rindig‘ining kaltaligiga qarang...

Hakam haqida gapirishni istamayman. U yaxshi va barqaror inson, deb o‘ylayman. Lekin menga hamma harakati ham yoqmadi.

Noloyiqdek tuyulayotgan bo‘lsa ham “Napoli”ni g‘alaba bilan tabriklayman. Shuningdek, o‘z shogirdlarimni ham tabriklayman, engilgan bo‘lsak ham, jamoa mag‘lubiyatga loyiq emasdi, - dedi Joze Mourino.

volga (1)_29

“Napoli” safar uchrashuvidagi g‘alabadan so‘ng ochkolari sonini 29 taga etkazib, peshqadamlik mavqeini mustahkamlab oldi. Hisobida 22 ochko bilan qolgan “Roma” uchinchi o‘ringa chiqib olish imkonini boy berdi va musobaqa jadvalining beshinchi pog‘onasida qayd etilgan.

Bu ikki jamoa orasida joylashgan “Milan”da 26, “Latsio” va “Atalanta”da 24 tadan ochko bor.

“Roma” A Seriyadagi navbatdagi uchrashuvini 31 oktyabr kuni safarda “Verona”ga qarshi o‘tkazadi.

O‘zbek legioneridan boshqasini zo‘r, deb bo‘lmaydi!

Italiyalik muxlislar Shomurodov transferiga qanday munosabatda?

“Paxtakor”ning sobiq yulduzi “Bayer”ga transferi qanday barbod bo‘lganini aytib berdi

Shomurodov qaysi jamoani tanlaydi?

Shomurodovning vazifasi boshqa futbolchiga yuklandi!

Abduxoliqov yangi asrning eng zo‘r legioner to‘purari bo‘lishi kutilmoqda!

Shomurodov ketadi(mi?)...

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
&
Ганишер
24/10/2022 17:23
Жаноб Моуриньо, Шомуродовни эртароқ уйинга ташлаш керак, анаву дабби Абрахамдан умуман фойда йуқ.!!!
Baxil Alihuja
25/10/2022 10:23
моур ошириб гапиришга уста! Бу уйинда Наполи уйинчилари ромадан кура сарикни купрок олишган. командада захира уриндиги етарлича даражада. моур кузингни оч, клубингда 13-14та эмас, 27та уйинчи бор.
Baxil Alihuja
25/10/2022 10:15
Моур алакачон кариб колган тренер! Мен хам унинг уйинчиларига ачинаман. Уйинчилар хаммада деярли бир хил. Уларни чарчаб колиши ва карточкаларни купайиб кетишига сабаб, Моур алмаштиришларни жуда хам килади. Битта асосий таркибни уйнатаверади. Шундан сунг уйинчилар толикади-де. Баъзида асосий уйинчиларга хам дам бериб туриш керак. Моур буни тушунмайди.