
“Roma” yangi xaridni amalga oshirishga yaqin. Biroq...
PSJ yarim himoyachisi Jorjino Veynaldum faoliyatini A seriyada davom ettirishga yaqin turibdi. Boisi, futbolchiga "Roma" qiziqish bildirmoqda. Ikki poytaxt klubi vakillari gollandiyalikning ijarasi borasida bir qarorga kelgan.
Ammo, tomonlar hali maosh to‘lash borasida hali bir to‘xtamga kela olmayapti. PSJ rahbariyati “Roma” futbolchining shartnomasida ko‘rsatilgan 9 million evroni to‘liq to‘lashini talab qilmoqda. "Bo‘rilar" esa summani ikki klub o‘rtasida teng taqsimlanishini istamoqda. Italiya nashrlarining xabar berishicha, transfer oynasi tugaguniga qadar jamoalar bu masalani ijobiy hal qilishadi..
O‘tgan mavsum futbolchi Liga 1 doirasidagi 31 o‘yinda maydonga tushib, o‘z hisobiga bitta gol urdi va 3 ta golli uzatmani yozdirib qo‘ygan.
Fikrlar