
"Roma" vakili Sancho transferi yuzasidan Angliyaga ketdi
"Roma" rahbariyati vakili Frederik Massara Jeydon Sanchoning agenti bilan muzokara o‘tkazadi.
Corriere dello Sport nashrining xabar berishicha, kecha "Roma" sport direktori MYu vingeri agenti Emeka Obasi bilan uchrashish uchun Londonga uchib kelgan. Qayd etilishicha, Massara vingerning atrofidagilardan ehtimoliy transfer bo‘yicha aniq javob olmoqchi - yaqin soatlarda rimliklar transfer ustida ishlashni davom ettirish kerakmi yoki yo‘qligini hal qiladi.
Sanchoga muqobil variant sifatida "Roma" "Chelsi"ning 19 yoshli vingeri Tayrik Jorjni ko‘rib chiqmoqda, Jorjning ham agenti aynan Obasi hisoblanadi. Qayd etilishicha, Jorj taxminan 20 million evroga baholanmoqda.
Bundan tashqari, "Roma" "Monako"dan Breel Embolo va "Borussiya Dortmund"ga o‘tishga yaqin turgan "Vulverxempton"dan Fabiu Silva nomzodlarini ko‘rib chiqmoqda.
Fikrlar