“Roma” va Ronaldu masalasi hal bo‘ldi!

  • 18 iyun, 2022, 07:54
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Italiya matbuoti “Manchester Yunayted”ning yangi bosh murabbiyi Erik ten Xag qo‘llaydigan taktik sxemalarga to‘g‘ri kelmayotgan Krishtianu Ronaldu A Seriyaga qaytishi va o‘zini “Real”da shug‘ullantirgan Joze Mourino boshqarayotgan “Roma”ga o‘tishi haqida bong urmoqda.

Tecno

Italiyalik jurnalistlarning yozishicha, Ronaldu va Mourinoga agentlik qilayotgan Jorje Mendesh bu transfer bo‘yicha ish olib borayotgan ekan.

Shunga qaramay, Angliyada bu xabarni rad etishdi. Taniqli jurnalist Jonatan Shrager Krishtianu Ronaldu manchesterliklar bilan kelasi mavsum oxirigacha davom etadigan shartnomasini to‘liq o‘tashini aniqladi.

- Krishtianu Ronaldu bu yoz “Manchester Yunayted”dan ketishni rejalashtirmayapti. Uning ketishi haqidagi xabarlarda haqiqat yo‘q. Ronaldu “Yunayted”da qoladi, - deb yozdi manba.

Ronaldu Angliyaga qaytganidan keyin barcha turnirlarda 38 marotaba maydonga tushib, raqiblar darvozasini 24 marta ishg‘ol qildi va jamoasining eng yaxshi to‘purari bo‘ldi. Shunday bo‘lsa-da, Ronaldu faoliyati davomida ilk bor Chempionlar ligasida ishtirok etmaydigan bo‘ldi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!