"Roma" va klub etakchisi kelisha olmayapti

  • 13 yanvar, 2023, 23:39
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Roma" va himoyachi Kris Smolling yangi shartnoma borasida kelisha olmayapti. 

Tecno

33 yoshli futbolchining "bo‘rilar" bilan amaldagi bitimi mavsum so‘nggiga qadar mo‘ljallangan. Tomonlar yangi shartnoma borasida ishga kirishdi.

Rim klubi Krisga  kamroq maosh va ikki yillik bitim taklif qilmoqda. Ayni damda u yiliga 3,8 million evro ishlab topadi. 

Futbolchi hozirgi maoshi bilan ikki yillik yoki kamaygan holda uch yillik shartnoma xohlamoqda. Klub hozircha uning taklifiga javob bermadi. 

Smolling joriy mavsum 17 ta o‘yinda maydonga tushib, 3 ta gol urgan. 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!