"Roma" ushbu futbolchisini "Tottenxem"ga qanchaga sotishini ma’lum qildi

  • 25 iyun, 2022, 11:04
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Londonning "Tottenxem" klubi "Roma" yarim himoyachisi Nikolo Dzanoloni o‘z safiga qo‘shib olishni rejalashtirmoqda.

Tecno

Sky Sports nashri tarqatgan xabarga qaraganda, “shporlar” 22 yoshli italiyalik futbolchini joriy yozgi transferlar davridayoq sotib olishni maqsad qilishgan. Rimliklar esa ushbu futbolchini 50 million evroga baholamoqda.

Nikolo Dzanolo o‘tgan mavsum "Roma" safida jami 42 ta o‘yinda maydonga tushdi va  8 ta gol hamda 9 ta golli uzatmaga mualliflik qildi. Uning “bo‘rilar” bilan amaldagi shartnomasi 2024 yilga qadar mo‘ljallangan.

Eslatib o‘tamiz, bundan avval Dzanologa “Yuventus” va “Milan” ham jiddiy qiziqish bildirayotgani haqida xabarlar tarqalgan edi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!