"Roma" tarkibi o‘zgarib ketadi

  • 5 mart, 2023, 09:02
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Yozda “Roma” tarkibida katta o‘zgarishlar bo‘lishi kutilmoqda. Jamoaning asosiy himoyachisi Kris Smolling ham poytaxtni tark etadigan bo‘ldi.

Tecno

33 yoshli markaziy himoyachining amaldagi shartnomasi yozda tugaydi. Bosh murabbiy Joze Mourino tajribali futbolchi jamoa uchun muhim ekanini ta’kidlamoqda.

Klub sport direktori Tyagu Pinto Kris Smolling vakillari bilan muzokara o‘tkazib, unga shartnoma berdi. Rimliklar himoyachiga har mavsum 2,5 million evro maosh ko‘rsatilgan ikki yillik kelishuv taklif qildi.

Manbaning ma’lum qilishicha, maosh futbolchiga to‘g‘ri kelmagan va u hujjatni imzolamadi.

Kris Smollingga A Seriyadan “Yuventus” jiddiy qiziqish bildiryapti. Bundan tashqari, uning olidida yurtiga qaytish varianti ham turibdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!