
"Roma" sardorini "Real"ga berib qo‘ymoqchi emas
"Roma" hujumchisi Edin Jeko rimliklar bilan yangi shartnomaga imzo chekishi mumkin.
La Gazzetta dello Sport nashri xabariga ko‘ra, "bo‘rilar" 34 yoshli futbolchiga 2023 yilgacha mo‘ljallangan yangi kelishuv taklif qilishga tayyor.
Eslatib o‘tamiz, oldinroq, bosniyalik futbolchi xizmatlariga "Real" qiziqish bildirayotgani xabar qilingan edi.
Fikrlar