"Roma" Sanchoni emas, "Chelsi" hujumchisini olib keladi

  • 27 avgust, 08:58
  • Jahongir Inomjonov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Jeydon Sancho mazkur transferlar oynasida "Roma"ga o‘tmaydi.

Janluka Di Martsioning xabar berishicha, Rim klubi sport direktori Frederik Massara "Manchester Yunayted" hujumchisi vakili Emeka Obasi bilan uchrashish uchun Londonga uchib kelgan. Rim klubi muqobil nomzod sifatida "Chelsi"ning 19 yoshli futbolchisi Tayrik Jorjni ko‘rib chiqmoqda. Uning manfaatlarini ham Obasi himoya qiladi.

Tecno

Seshanba kungi uchrashuvda Sancho tomoni rimliklarga uzil-kesil rad javobini bergan. Shu bilan birga, Jorj "Roma"ga qo‘shilishga rozi, ammo ijara asosida emas.

Italiyaliklar "Chelsi" futbolchisining to‘laqonli transferini rasmiylashtirishga tayyor va u hamda London klubi bilan kelishuvga erishish ustida ishlamoqda. Massara Buyuk Britaniya poytaxtida qolgan bo‘lib, yaqin soatlar ichida muzokaralarda ijobiy natijaga erishishni umid qilmoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!