
"Roma" safarda ochko yo‘qotdi
Italiya A Seriyasining 22-turidan o‘rin olgan "Lechche" va "Roma" jamoalari o‘rtasidagi o‘yin nihoyasiga etdi. Mazkur bellashuvda klublar 1:1 hisobida durang o‘ynadi.
Bahsning 7-daqiqasida "bo‘rilar" futbolchisi Rojer o‘z darvozasini ishg‘ol qilib qo‘ydi. Oradan 10 daqiqa o‘tib, Dibala muvozanatni tikladi.
Ma’lumot uchun, "Roma" ayni damda 41 ochko bilan turnir jadvalida 3-o‘rinda bormoqda.
Fikrlar