
“Roma”: Pulning yarmini PSJ to‘lasin!
“Roma” rahbariyati bosh murabbiy Joze Mourino talabiga ko‘ra PSJ yarim himoyachisi Jorjino Veynaldum transferi bo‘yicha parijliklar bilan muzokara olib bormoqda.
Niderlandiyalik futbolchi bir yil muqaddam. “Liverpul”dan erkin agent sifatida PSJga o‘tgan edi. Lekin Parij klubida Veynaldum o‘zi istagan darajada o‘yin amaliyotiga ega bo‘lmayapti. Shu bois boshqa klubga o‘tishni rejalashtirgan.
PSJ Veynaldumni Rim klubiga sotishni mo‘ljallayapti. Ular 10 million evro so‘ramoqda. Rim jamoasi vakillari 31 yoshli o‘yinchini ijaraga olmoqchi. Bundan tashqari, Tyagu Pinto Veynaldum olayotgan 7 million evrolik maoshning yarmini Parij klubi qoplashiga erishmoqchi.
Hozircha, tomonlar bu transfer bo‘yicha bir to‘xtamta kelmadi. Kelasi hafta muzokaralar davom ettiriladi.
Fikrlar