
“Roma” o‘yinchisini katta klub so‘rayapti
“Yuventus” klubi mutasaddilari himoya chizig‘ini kuchaytirish maqsadida “Roma” etakchisi Kris Smollingni Turinga olib kelmoqchi.
Angliyalik himoyachining shartnomasi mavsum oxirida tugaydi. Lekin unda “Roma”dagi faoliyatini yana bir yilga uzaytirish huquqi bor.
32 yoshli futbolchining agenti Jeyms Fezerstoun mijozini boshqa klubga olib o‘tmoqchi. Yaqinda bu mutaxassisga “Inter” vakillari aloqaga chiqqan edi.
“Yuventus” mutasaddilari ham Smolling masalasida uning agenti bilan muzokara boshladi. Tajribali himoyachiga jiddiy klublardan chorlov bo‘layotganini inobatga olgan “Roma” sport direktori Tyagu Pinto unga ikki yillik yangi shartnoma taqdim qilmoqchi.
Fikrlar