“Roma” legioneri ketadi

  • 15 noyabr, 2021, 09:19
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Roma”ning armanistonlik futbolchisi Genrix Mxitaryan faoliyatiga oid qarashlarini ma’lum qildi. 32 yoshli yarim himoyachi kelajakda Dortmundning “Borussiya”siga qaytishni rejalashtirmoqda.

Tecno

- Men Germaniyadagi mutasaddilar bilan aloqani saqlab qolganman. Dortmundda o‘tkazgan davrimni hech qachon unutmayman. Bu faoliyatimdagi eng zo‘r onlar edi. Men “Borussiya”dagi murabbiylar va futbolchilar yordamida bugungi darajamga chiqqanman, Dortmundga qaytishimga aminman.

Faoliyatimni uzoqroq davom ettirishni istayman, lekin bu ko‘p omillarga bog‘liq. Bu yoshimda jismoniy holatimni nazorat qilish oson emas. Aqlim na 5-6 yil o‘ynashim mumkinligini aytyapti. Tanam ham shunga dosh berishini xohlayman. Yana qancha to‘p tepishimni bilmayman, shu bois maydondagi har bir soniyadan lazzat olishga harakat qilaman, - dedi Genrix Mxitaryan.

Armanistonlik futbolchining Rim klubi bilan shartnomasi mavsum oxirida yakunlanadi. Genrix joriy mavsumda 15 ta uchrashuvda maydonga tushdi, raqiblar darvozasiga ikkita to‘p kiritib, uchta golli pas oshirdi. Shunga qaramay, keyingi paytda uning o‘yinida keskin pasayish kuzatilmoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!