
"Roma" Kris Smollingni qanday vaziyatda sotib olishi ma’lum bo‘ldi
Football Italia nashri xabariga ko‘ra, "Roma" markaziy himoyachi Kris Smollingni klub Chempionlar ligasi yo‘llanmasini qo‘lga kiritganidan so‘nggina sotib olishga qaror qildi.
Eslatib o‘tamiz, "Manchester Yunayted"dan ijaraga olingan futbolchining transfer summasi 20 million evroni tashkil qiladi. Uning maoshi yiliga 3,5 million evroni tashkil qiladi.
Bo‘rilar ayni damda moliyaviy feyr-pley qoidalari sabab ushbu xarajatni amalga oshira olishmaydi, ammo Chempionlar ligasidagi ishtirok orqali ular kerakli daromadni qo‘lga kiritishlari mumkin.
Fikrlar