“Roma”: Kim qanday o‘ynadi, Shomurodovchi?

  • 8 noyabr, 2024, 17:11
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Evropa ligasi umumiy bosqich to‘rtinchi turida “Roma” Belgiyada “Yunion Sent-Jilluaz” jamoasi mehmoni bo‘ldi.

Tecno

Garchi bu bahs oldidan rimliklarning imkoniyati yuqori baholangan bo‘lsa-da, bellashuvda kuchlar teng keldi – 1:1.

Biz uchun ahamiyatlisi, Eldor Shomurodov asosiy tarkibda maydonga tushib, 55-daqiqa o‘ynadi va keyin o‘rnini Artyom Dovbikka bo‘shatib berdi.

Nufuzli manbalardan biri –  tuttomercatoweb.com portali eksperti Simone Lorini uchrashuvda “Roma” futbolchilarining harakatlarini quyidagicha baholadi:

Mile Svilar 5:

Belgiyadagi uchrashuvda darvozasi oldida deyarli xavfli vaziyat yuzaga kelmagan edi. Lekin birgina katta xatosi tufayli raqib hisobni tenglashtirdi.

Janluka Manchini 7:

Himoyada qat’iyat va ishonchli o‘yin ko‘rsatdi. Hujumchilarga yordamga o‘tib, gol ham urdi. Biroq kiritilgan to‘p rimliklarga faqat bir ochko keltirdi.

Brayan Kristante 6,5:

Himoya markazida mustahkam turdi. Garchi markaziy himoyachi Mets Xummelsning zaxirada qolib ketayotgani muxlislarga yoqmayotgan bo‘lsa-da, Kristante yangi pozitsiyada ishonchli o‘ynayapti.

Anjelino 6:

Bu futbolchi ham maydondagi yangi vazifalarini yaxshi o‘zlashtiryapti va hozircha, aytarli muammoga duch kelgani yo‘q.

Zeki Chelik 6:

“Yunion” futbolchilari asosan chap qanotdan hujum uyushtirgani uchun o‘ng qanot o‘yinchisi Chelik  katta bosim va muammodan qutilib qolib.

 

Manu Kone 6,5:

Ikkinchi bo‘limda maydon markazini kuchaytira oldi.

Entso Le Fe 5,5:

“Roma” yarim himoyachilari raqib futbolchilarining jismoniy tayyorgarligiga qarshi ancha qiyin vaziyatga tushib qoldi. Entso o‘ziga berilgan 55 daqiqada o‘z ustunligini ko‘rsata olmadi.

Nikolo Pizilli 6:

55-daqiqada Le Fening o‘rniga tushib, “Roma” yarim himoyachisiga etishmayotgan tartibni o‘rnatdi.

Stefan El-Shaaravi 5,5:

Hujum chizig‘ida noaniq o‘ynaganidan tashqari, himoyalanishda ham ancha sust harakat qildi. O‘yini ishonchni oqlay olmadi.

Lorentso Pellegrini 6,5:

Manchinining gol urishiga ko‘maklashib yubordi. Ancha faol o‘ynadi.

Tommazo Baldantsi 6,5:

Jamoasi safida maydondagi eng yaxshi futbolchi bo‘ldi. Kuchli zarbasi darvoza ustuniga tegib qaytdi. Gol urishi uchun ozgina omad etishmadi.

Eldor Shomurodov 5:

“Yunion Sent-Jilluaz” himoyachilariga hech qanday qiyinchilik tug‘dirgani yo‘q. Byordjess yakkama-yakka kurashlarda nomdor Shomurodovdan ustun keldi. Eldor mezbonlar himoyasini yorib o‘tolmadi va 55-daqiqa o‘rnini Artyom Dovbikka bo‘shatib berdi.

Ivan Yurich 6:

“Roma” bosh murabbiyi maydonda tartibli o‘yin shakllashtira olmayapti. Qolaversa, “Yunion” maydoni sifat jihatidan nafaqat “Roma” balki boshqa jamoalarga ham etarlicha muammo tug‘diradi. Ivan Yurich shogirdlari bu bahsda ayrim vaziyatlardagina yaxshi o‘ynadi xolos.

Afsus...Ivan Yurich g‘alaba qo‘ldan chiqarilgan o‘yindan keyin Shomurodov haqida ham gapirdi!

Husanov uchun kurash boshlandi! Evropa grandlari “Lans”ga keldi... 

Husanovning transferi “Lans” uchun yangi rekord bo‘lishi kutilmoqda

Legionerimiz Italiyada o‘ynay oladigan futbolchi borligini aytdi

Husanovni Angliya grandlari safida ko‘ramizmi? Jarayon boshlandi...

Raqiblar Fayzullaev tufayli beshta sariq kartochka oldi

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!