“Roma” katta transferni uddaladi va yangi yulduzning debyuti aniq!

  • 8 yanvar, 2022, 18:28
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Arsenal” tarbiyalanuvchisi Eynsli Meytlend-Nayls o‘z faoliyatida ilk bor Angliyadan tashqari to‘p tepish imkoniga ega bo‘ldi.

Tecno

“Roma” iste’dodli yarim himoyachini ijaraga olish masalasini ijobiy hal qildi. Taniqli jurnalist Fabritsio Romano tomonlar kelishuvga erishgani haqida ma’lumot tarqatdi.

Manbalarning ta’kidlashicha, 24 yoshli yarim himoyachi A Seriyada “roma” futbolchisi sifatida ro‘yxatdan o‘tkazildi. U mavsum oxiriga qadar Mourino qo‘l ostida o‘ynaydi va chempionat o‘yinlari yakunlanishi bilan ortga qaytadi.

“Roma” sport direktori Tyagu Pinto “kanonirlar”ni ijara shartnomasiga futbolchini keyinchalik sotib olish huquqini kiritishga ko‘ndira olmagani aytilmoqda. Ayrim manbalar esa, rimliklarda futbolchini to‘liq transfer qilish imkoni borligi keltirilgan.

“Arsenal” tarbiyalanuvchisi hisoblangan Meytlend-Nayls “kanonirlar” safidan tashqari “Ipsvich” va “Vest Bromvich” safida ijarada ham o‘ynagan. London klubi bosh murabbiyi Mikel Arteta joriy mavsumda uni 11 marotaba maydonga tushirdi.

Mutaxassislar “Roma”ning yangi o‘yinchisi debyut uchrashuvini yakshanba kuni “yuventus” bilan bo‘ladigan o‘yinda nishonlashini kutmoqda. Chunki jamoa o‘ng qanot himoyachisi Rik Karsdorp diskvalifikatsiya tufayli “Roma”ga yordam bera olmaydi. Nayls esa uning o‘rnini yopishi mumkin. Bu masalani Joze Mourino bevosita o‘yin kuni hal qiladi.

d945db727d2a6a5129f31207ca925277f2ae6f4f

Ikkinchi transfer ham pishib qoldi

“Roma” sport direktori Tyagu Pinto ketma-ket ikkinchi transferni uddalash arafasida turibdi. Ma’lumotlarga qaraganda, portugaliyalik mutaxassis “Portu” vakillarini universal yarim himoyachi Serjiu Oliveyrani mavsum oxirigacha 1,5 million evro evaziga ijaraga qo‘yib yuborishga ko‘ndirgan.

Bundan tashqari, “bo‘rilar” yozda portugaliyalik futbolchini 15-18 million evro atrofidagi mablag‘ evaziga to‘liq transfer qilish huquqini ham qo‘lga kiritdi.

Mutaxassislarning ta’kidlashicha, bu transferning ijobiy yakunlanishiga Joze Mourinoning agenti Jorde Mendesh katta hissa qo‘shgan. Bu mutaxassis ayni paytda Serjiu Oliveyraning ham agenti hisoblanadi.

af6cca7aa04de3324de2737c492a4528c67cd7bf

Mourino yo‘lini topmasa bo‘lmaydi

A Seriyaning qur’asi “Roma”ni ketma-ket ikkita jiddiy raqibga ro‘baro‘ qilgan. Bu turda “Milan”dan qaqshatqich zarbaga uchragan Joze Mourino shogirdlari yakshanba kuni “Olimpiko”da “Yuventus”ni qabul qiladi.

Bo‘lajak to‘qnashuv oldidan Joze Mourino oldida tarkib muammosi bo‘y ko‘rsatdi. Ayniqsa, “Roma”ning eng nozik nuqtasi bo‘lib turgan himoya chizig‘ida malakali o‘yinchilar etishmayapti. Milandagi o‘yinda asosiy tarkib himoyachilaridan Janluka Manchini va Rik Karsdorpning qizil kartochka olib, maydonni tark etgani portugaliyalik mutaxassisni yangi echim topishga majbur qilmoqda.

Mourino diskvalifikatsiyaga uchragan mazkur ikki o‘yinchi va jarohati tufayli hali uzoq davolanadigan Leonardo Spinatstsola o‘rnini bosadigan himoyachilarga ehtiyoj sezmoqda.

Tahlilchilar “Milan”ga qarshi bahsda Rojer Ibanes o‘ng qanotda Rik Karsdorpning o‘rnida  ishonchli oqlay olmaganidan keyin turinliklarga qarshi Joze Mourino Stefan El-Shaaravini uning pozitsiyada o‘ynatmoqchi.  

Markaziy himoyada Janluka Manchini o‘rnini Marash Kumbulla egallaydigan bo‘lyapti.  Albaniyalik himoyachiga tajribali Kris Smolling yordam berishi kerak. Shuningdek, himoyalanishni biladigan Brayan Kristante ham orqa chiziqqa javobgar bo‘lishi mumkin.

“Yuventus” bilan bo‘lajak bellashuvda hujum tashkil qilish jarohatidan qutilgan Lorentso Pellegrini va Genrix Mxitaryanga yuklatiladi.

Xullas, “Roma”da vaziyat murakkab, uni o‘nglash uchun Mourino anchagina bosh qotirishiga to‘g‘ri keladi.

6bfb43f8f834a7fb6fd4c18092cb9f396053b914f05f9656946422

“Roma”da yaxshi yangilik!

“Roma” tez orada katta transferni e’lon qiladi

Yangi yilning birinchi golini Shomurodov urishi kerak yoxud “Milan” – “Roma” bahsiga oid 11 fakt

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!