"Roma" Jekoni "Yuventus"ga sotadi va "Napoli"dan Milikni oladi

  • 17 sentabr, 2020, 22:43
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Roma” forvardi Edin Jeko tez orada “Yuventus”ga kelaidi. Bu haqda jurnalist Fabritsio Romano xabar tarqatmoqda.

Tecno

Yuqoridagi manbaga ko‘ra, 34 yoshli bosniyalik futbolchining “Yuve”ga o‘tishi bo‘yicha kelishuvga erishilgan. Ushbu transfer uchun “keksa sinora” 16 mln evro to‘laydi. Jekoning o‘zi Turinda yiliga 7,5 mln evro maosh oladi.

Jurnalist Romeo Agrestining xabar berishicha, Edin yaqin vaqtlar ichida “Yuventus”da tibbiy ko‘rikdan o‘tadi.

Bundan tashqari, “Napoli” va “Roma” polshalik hujumchi Arkadiush Milikning transferi bo‘yicha ham kelishuvga erishdi. Tez orada Milik ham rimliklar safida tibbiy ko‘rikdan o‘tadi. “Bo‘rilar” uni keyinchalik sotib olish sharti bilan ijaraga oladi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!