
"Roma" Jekoga Ukrainadan o‘rinbosar topdi
Ukrainaning “Shaxtyor” klubi hujumchisi Junior Moraes faoliyatini Italiya A Seriyasida davom ettirishi mumkin.
Calciomercato nashri tarqatgan xabarga ko‘ra 32 yoshli braziliyalik futbolchi bilan “Roma” jiddiy qiziqib qolgan. Gap shundaki, rimliklar uni jamoadan ketishi kutilayotgan bosniyalik hujumchi Edin Jekoga munosib o‘rinbosar sifatida qarashmoqda.
O‘z navbatida “Roma”ning yangi bosh murabbiyi Paulu Fonseka Moraes bilan “Shaxtyor”da bir necha mavsum birga ishladi va uning imkoniyatlarini yaxshi biladi.
Ma’lumot uchun, Moraes o‘tgan mavsum Ukraina chempionatida jai 27ta o‘yinda maydonga tushdi va 19ta gol hamda 8ta golli uzatmaga mualliflik qilishga erishdi.
Fikrlar