“Roma” hujumchisini Manchesterga chaqirishyapti. U kim ekan?

  • 28 sentabr, 2022, 21:33
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Manchester Yunayted” bosh murabbiyi Erik ten Xag ko‘p gol ura oladigan hujumchiga ehtiyoj sezmoqda. Ayni paytda klub skautlari rahbariyat talabiga javob beradigan to‘purar qidirmoqda.

Tecno

Manchesterliklar nishoniga “Roma” markaziy hujumchisi Temmi Abraxam ham tushdi. Aslida “Yunayted” vakillari angliyalik futbolchini avvalgi mavsum davomida ham o‘z safiga chorlagan edi.

Corriere dello Sport nashrining xabar berishcha, Temmi Abraxam uchun kurashda “Manchester Yunayted”ga “Arsenal” raqobatchilik qilmoqchi. Yaqinda Italiya matbuoti angliyalik to‘purar A Seriyada uzoq qolmoqchi emasligi haqida xabar tarqatgan edi.

24 yoshli Abraxam “Chelsi” tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. Rimliklar bu futbolchi uchun o‘tgan yili yozda 40 million evro to‘lagan. Uning shartnomasi 2026 yilning yozigacha davom etadi. Biroq, “Chelsi”da o‘z tarbiyalanuvchisini 2023 yilning yozida 80 million evro qayta sotib olish huquqi bor.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!