"Roma" hujumchisi uchun mavsum yakunlandi

  • 20 mart, 18:50
  • Jahongir Inomjonov
  • 1
  • Futbol
BEPUL PROPAN

"Roma" jamoa hujumchisi Paulo Dibalaning yaqin kunlarda jarrohlik amaliyotini boshdan kechirishi haqida xabar berdi.

Rim klubi argentinalik futbolchining tiklanish muddatini ma’lum qilmadi. Shu bilan birga, Italiya ommaviy axborot vositalari Dibalaning 2024/2025 yilgi mavsumda boshqa o‘ynamasligi haqida xabar tarqatmoqda.

Dibala joriy mavsumda 36 ta rasmiy o‘yinda ishtirok etdi. Ularda hujumchi sakkizta gol urdi va to‘rtta golli uzatmani amalga oshirdi.

"Roma" hozirgi vaqtda A Seriya turnir jadvalida ettinchi o‘rinda turibdi. Italiya chempionatining navbatdagi o‘yinini "Roma" 29 mart kuni safarida "Lechche"ga qarshi o‘tkazadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
Ilhom Irmatov
20/03/2025 19:32
Endi Shomurodovga keng yoʻl ochiladi