"Roma" hujumchisi qayd etgan natija Runi, Keyn va Bekhemda ham yo‘q!

  • 7 may, 2022, 14:18
  • Javokhir Azimov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Evropa Konferentsiyalar ligasi yarim finali doirasida "Roma" "Lester"ni 1:0 hisobida mag‘lub etib, hal qiluvchi bellashuvda ishtirok etish imkoniyatini qo‘lga kiritdi.

Tecno

"Tulkilar" taslim etilgan bahsda rimliklarning yagona goliga Temmi Abraham mualliflik qildi. Bu uning joriy mavsum Evrokuboklardagi 9-aniq zarbasi sifatida qayd etildi.

Bu ko‘rsatkich evaziga Temmi angliyalik futbolchilar orasida 2-natijani ko‘rsatib turibdi. Ya’ni, faqatgina Alan Shirer va Sten Boulz bir mavsum davomida UEFA tasnifidagi turnirlarda undan ko‘p gol urgan (11 ta).

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!