
"Roma" hujumchisi mavsumni Bundesligada o‘tkazadigan bo‘ldi
"RB Leyptsig" klubi "Roma" hujumchisi Patrik Shikni tez orada o‘z safiga qo‘shib oladi. Bu haqda Goal nashri xabar tarqatmoqda.
Yuqoridagi manbaaga ko‘ra 23 yoshli chexiyalik futbolchi nemis klubida joriy mavsum yakuniga qadar ijara asosida to‘p suradi. Shundan so‘ng “RB Leyptsig”da Shikni 28 mln evro evaziga to‘liq sotib olish huquqi paydo bo‘ladi.
Ma’lumot uchun, Patrik Shik “Roma” safida 2017 yildan buyon to‘p surib kelmoqda. U o‘tgan davr mobaynida 58ta o‘yinda maydonga tushdi va 8ta gol hamda 3ta golli uzatmaga mualliflik qildi. Uning rimliklar bilan amaldagi shartnomasi 2022 yilga qadar imzolangan.
Fikrlar