
"Roma" hujumchisi keyingi bahsni ham o‘tkazib yuborishi mumkin
"Roma"ning A Seriyadagi "Komo" bilan bo‘ladigan navbatdagi o‘yiniga sanoqli kunlar qolganda, Artyom Dovbikning tarkibga qaytishi shubha ostida qolmoqda.
Shu orada, Eldor Shomurodov "Roma" uchun muhim futbolchiga aylanib bormoqda. Bu esa Artyom Dovbikka xotirjam tiklanish imkonini bermoqda.
Jarohat tufayli safdan chiqqan ukrainalik hujumchi kecha ham alohida mashq qildi va shu tariqa "Montsa" ustidan qozonilgan g‘alabadan keyingi umumiy mashg‘ulotni o‘tkazib yubordi.
"La Gazzetta dello Sport" nashrining xabar berishicha, uning guruh mashg‘ulotlariga qaytishi juma kuniga rejalashtirilgan. Biroq "Komo"ga qarshi o‘yinda ishtirok etishi noaniq bo‘lib qolmoqda.
Bu orada bosh murabbiy jamoaga bir kunlik dam berdi, Evan Ndika esa oilaviy sabablarga ko‘ra maxsus ruxsat oldi.
Fikrlar