"Roma" hujumchisi faoliyatini Italiyaning boshqa bir klubida davom ettiradi

  • 23 iyun, 2024, 23:42
  • Suhrob Xolbekov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Transfer huquqi "Roma"ga tegishli bo‘lgan Andrea Belotti faoliyatini Italiyaning boshqa bir klubi "Komo"da davom ettiradigan bo‘ldi, deya xabar bermoqda insayder Fabritsio Romano. 

Tecno

Jurnalistning so‘zlariga ko‘ra, muzokaralar so‘nggi bosqichda va futbolchi yangi jamoaga ko‘chib o‘tishga tayyor. Ushbu transfer esa 4,5 million evroga tushishi kutilmoqda. 

Eslatib o‘tamiz, Belotti qishki transferlar oynasida "Fiorentina"ga ijaraga berilgandi. U florentsiyaliklar safida 24 ta o‘yinda maydonga tushib, 4 ta golda ishtirok etdi.

"Komo" bu mavsumdan A Seriyada harakat qiladi. Klub avvalroq iroqlik yosh iste’dod Ali Jasimni o‘z tarkibiga qo‘shib olishga harakat qilayotgandi. Bu transfer ham yaqin kunlarda e’lon qilinishi mumkin. 

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!