"Roma" hujumchisi 30 yillik rekordni takrorladi

  • 14 fevral, 2022, 14:51
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Roma” hujumchisi Temmi Abraxam joriy mavsum A Seriyada 11 ta gol urdi.

Tecno

Gracenote Live ma’lumotlariga ko‘ra, "bo‘rilar" forvardi bir mavsumda Italiya chempionatida 11 ta gol urgan so‘nggi 30 yil ichidagi birinchi ingliz futbolchisi bo‘ldi.

Ma’lumot uchun, oxirgi marta 1991/92 yilgi mavsumda "Bari" futbolchisi Devid Platt Italiya chempionatida bir mavsumida 11 bor raqiblar darvozasini ishg‘ol qilishga erishgan.

“Roma” ayni damda 40 ochko bilan musobaqa jadvalida 7-o‘rinni egallab turibdi. Rimliklar peshqadam “Milan”dan naqd 15 ochko ortda bormoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!