“Roma” hujumchining maoshini oshiradi

  • 17 yanvar, 2023, 19:01
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Roma” rahbariyati jamoaning haqiqiy etakchisiga aylangan Paulo Dibalaga yangi shartnoma taklif qiladigan bo‘ldi.

Tecno

Calciomercato nashrining xabar berishicha, yangi bitim bo‘yicha jahon chempionining yillik maoshi 4,2 milliondan 6 million evroga ko‘tariladi.

Bundan tashqari, yangi kelishuvda Dibalani sotib olmoqchi bo‘lgan klublarga qo‘yiladigan badal to‘lovi olib tashlanadi. Hozir xorijiy klublar 12 million evro, Italiya jamoalari 20 million evro to‘lab, Pauloning transferini amalga oshirish huquqiga ega.

Ayni paytda klub mutasaddilari Paulo Dibala bilan bog‘lanib, hamkorlikni qayta ko‘rib chiqish masalasini muhokama qilishga tayyorgarlik ko‘rmoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!