"Roma" g‘alaba qozongan bahsda Shomurodovning harakatlari qanday baholandi? (Foto)

  • 4 aprel, 2022, 15:50
  • Bekzod Isayev
  • 3
  • Futbol
CHERY AUTO

Kecha A Seriya 31-turidan o‘rin olgan "Sampdoriya" - "Roma" uchrashuvi bo‘lib o‘tdi. Bellashuvda Joze Mourino shogirdlari 1:0 hisobida zafar quchdi. Yagona gol 27-daqiqada Mxitaryan tomonidan kiritildi. 

Tecno

Hamyurtimiz Eldor Shomurodov 81-daqiqada Temmi Abraxamni almashtirdi. 

Statistika bilan shug‘ullanuvchi whoscored.com portali futbolchilarga ball qo‘ydi. Unda legionerimiz Shomurodov 6.3 ballga loyiq ko‘rildi. Eldor zaxiradan maydonga tushgan futbolchilar orasidagi eng yuqori ballni qo‘lga kiritdi.

Bezymyannyy_8

G‘alabadan so‘ng "bo‘rilar" hisobidagi ochkolari sonini 54 taga etkazib olgan holda, A Seriya turnir jadvalida 5-o‘ringa yuqoriladi. 29 ochkosi bor "Sampdoriya" 16-pog‘onani band etgan.     

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
Хужакулов Хуршидбек
04/04/2022 19:18
Мана Элдор
Elmurod Ruziaxunov
04/04/2022 19:06
Хозирги холатда Абрахам хақиқатдан кучлироқ, Маурино энди Шомуродовга хам ишонч билдириши аниқ
Sardorbek Mamatqulov
04/04/2022 18:55
10minut qolganida qoʻshmasdan 60-daqiqalarda qoʻshagnida goʻl urar edi Eldor