
"Roma" futbolchisi A Seriyaning boshqa grandiga yo‘l olishi mumkin
"Roma" yarim himoyachisi Jordan Veretu faoliyatini "Milan"da davom ettirishi mumkin, deya yozmoqda "Calciomercato" nashri.
Veretu "bo‘rilar" safida yorqin o‘yin ko‘rsatmoqda. U joriy mavsum 24ta o‘yinda 4ta gol urib, 7ta golga hammualliflik qilgan.
"Rossonerilar" Jordandan tashqari "Lill" futbolchisi Renatu Sanshesh nomzodini ham ko‘rib chiqmoqda. Agar Veretu transferi amalga oshmasa, portugaliyalik havbek xarid qilinadi.
Fikrlar