“Roma” futbolchilari kuchli raqibni er tishlatmoqchi

  • 23 oktabr, 2022, 09:30
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
BEPUL PROPAN

“Roma”ning 34 yoshli yarim himoyachisi Nemanya Matich A Seriyaning 11-turida asosiy raqobatchilardan bo‘lgan “Napoli”ni mag‘lub etishga ishonmoqda.

- Yakshanba kuni bo‘ladigan bahsda “Napoli”dan ustun kelish uchun bor imkoniyatimizni ishga solamiz. Men bu jamoaning bir bo‘lagi bo‘lishdan faxrlanaman va “Roma”ning sovrinlarni qo‘lga kiritishida yordam berishni istayman.

“Olimpiko”da bo‘ladigan navbatdagi bahsda g‘alaba qozonishni ko‘zlayapmiz. Shuningdek, muxlimlarimizning chempionlik borasidagi orzularini ro‘yobga chiqarish uchun oxirigacha kurashamiz, - dedi Nemanya Matich.

Serbiyalik futbolchi avvalgi jamoalari – “Chelsi” va “Manchester Yunayted”da  ham Joze Mourino qo‘l ostida o‘ynagan. Tajribali yarim himoyachini Rimga ham portugaliyalik mutaxassis taklif qildi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!