“Roma” futbolchilari jahon chempionatiga bormaydi

  • 10 noyabr, 2022, 21:28
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Angliya terma jamoasi bosh murabbiyi Garet Sautgeyt Qatarda bo‘ladigan jahon chempionatiga olib ketiladigan tarkibga “Roma” vakillari – hujumchi Temmi Aboaxam va himoyachi Kris Smollingni kiritmadi.

Tecno

Bosh murabbiy markaziy himoyaga 32 yoshli Smollingdan ko‘ra, “Arsenal”ning 25 yoshli futbolchisi Benjamin Uayt nomzodini ma’qul ko‘rdi.

O‘tgan mavsum “Roma”ga o‘tganidan keyin ajoyib natijalari bilan Angliya terma jamoasiga qaytgan Temmi Abraxam o‘z o‘rnini saqlab qola olmadi. Mutaxassislarning aksariyati Harri Keynga yordamchi sifatida Abraxam tarkibga kiritilishi kutgandi. Sautgeyt ikkinchi hujumchi sifatida “Nyukasl” vakili Kallum Uilsonni Qatarga olib ketadigan bo‘ldi.

Endi Kris Smolling va Temmi Abraxam “Roma” bilan Yaponiya va Portugaliyada tashkil etiladigan yig‘inlarda qatnashadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!