"Roma" etakchisi bir oyga diskvalifikatsiya qilinishi mumkin

  • 22 fevral, 2023, 19:12
  • Oybek Yo’ldoshev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Italiyada vakolatli organlar "Yuventus" ustidan tergovni davom ettirmoqda. 2020 yilda pandemiyaning dastlabki bosqichida Turin klubi "Sport adolati" kodeksining moliyaviy hisoboti bo‘yicha aybdor deb topilib, joriy mavsum jamoadan 15 ochko olib qo‘yilgandi.

Tecno

"La Repubblica" nashri xabariga ko‘ra, Paulo Dibala bu hafta ikkinchi marta tergovchilar bilan gaplashgan. Agar argentinalik futbolchi "Yuventus"dan yashirin to‘lovlar olganlikda aybdor deb topilsa, u kamida bir oyga diskvalifikatsiya qilinishi mumkin.

Dibala o‘tgan yili "Yuventus"ni tark etgandi. Ayni damda argentinalik hujumchi Rimning "Roma" klubida harakat qilmoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!