"Roma" Dzanoloni yana uzoq muddatga yo‘qotgan bo‘lishi mumkin

  • 8 sentabr, 2020, 08:27
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Roma" yarim himoyachisi Nikolo Dzanolo tizzasidan jiddiy jarohat olgan bo‘lishi mumkin. Bu haqda Football Italia nashri xabar tarqatmoqda.

Tecno

Italiyalik futbolchi kecha terma jamoasi safida UEFA Millatlar ligasining 2-turidan o‘rin olgan Gollandiyaga qarshi bahsda shikastlandi. Nikolo tez orada chuqurlashtirilgan tibbiy ko‘rikdan o‘tkaziladi va shundan so‘ng uning, jarohati qay darajada ekani hamda qancha muddatda safga qaytishi oydinlashadi.

Aytish lozimki, Dzanolo yaqindagina tizzasidan operatsiya qilinib, yarim yil maydonga tusha olmagan edi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!