
"Roma" darvozaboni Chempionshipga ravona bo‘ldi
“Roma”ga tegishli bo‘lgan shvetsiyalik darvozabon Robin Olsen yana ijaraga yo‘l oldi.
31 yoshli posbon 2021/2022 yilgi mavsumni Chempionshipda o‘tkazadi. Aniqrog‘i, “Sheffild Yunayted” Olsenni bir mavsumga ijaraga oldi.
Robin 2018 yildan buyon “Roma” a’zosi hisoblanadi. Ammo u asosiy jamoada o‘z o‘rnini topa olmadi.
Olsen o‘tgan mavsumni “Everton” safida ijarada o‘tkazdi va APLda 7 ta o‘yinda ishtirok etib, o‘z darvozasidan 9 ta gol o‘tkazib yubordi.
Fikrlar