
“Roma” Chempionlar ligasiga chiqmasa, ketaman!
“Roma” himoyachisi Kris Smollingning klub bilan amaldagi shartnomasi mavsum oxirida yakunlanadi.
33 yoshli futbolchiga “Inter” va “Yuventus”dan jiddiy taklif bo‘lmoqda. Buni inobatga olgan rimliklar Smollingga xuddi milanliklar va turinliklar kabi ikki yillik yangi bitim taqdim qilgan.
Krisning o‘zi uni qabul qilishga shoshilmoqchi emas. O‘z davrida “Manchester Yunayted” safida Chempionlar ligasida javlon urgan himoyachi yana eng nufuzli turnirda qatnashmoqchi.
Corriere della Sera nashrining ma’lum qilishicha, Smolling mavsum oxirida qaysi jamoa kuchli to‘rtlikka kirib, Chepionlar ligasiga yo‘llanma olsa, ana o‘shalar bilan hamkorlik qilishni rejalashtirgan.
Demak, Smolling yangi shartnoma masalasi mavsum oxiriga borib, musobaqa jadvalidagi vaziyat oydinlashganidan keyin bir qarorga keladi.
Fikrlar